Farhodbek Abdushukurov
Backend Dasturchi (PHP / Python)
Men haqimda
Men biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va muammolarga dasturiy yechim topishga qiziquvchi Backend dasturchiman. O'zlashtirgan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo'llash maqsadida PHP va MySQL yordamida chakana savdo do'konlari uchun to'liq ishlaydigan POS tizimini yaratdim va u hozirda 10 dan ortiq hududiy do'konlarda muvaffaqiyatli xizmat qilmoqda. Dasturlashdan tashqari ma'lumotlar bazasi boshqaruvi (Oracle), tarmoq xavfsizligi va server ma'murligiga qiziqaman.
Ish tajribasi
Backend Dasturchi / POS Tizimi Yaratuvchisi
Mustaqil loyiha (Freelance)
Do'konlarning savdo aylanmasi, ombor nazorati va hisobotlarini avtomatlashtiruvchi POS tizimini noldan arxitektura qildim va dasturladim. Tizimga turli qurilmalarda masofadan boshqarish va chek chiqarish funksiyalari qo'shilgan. Loyihani 10+ mijozlar obyekti va serverlariga muvaffaqiyatli joriy qildim.
Do'kon xodimi / IT yordamchi
Oziq-ovqat do'koni
Mijozlar bilan ishlash, tovarlar nazorati. O'zim yaratgan POS dasturni aynan shu yerda amaliyotda sinab, do'kon ehtiyojlariga ko'ra tizimni takomillashtirib boraman.
Ta'lim
Dasturiy injiniring (Bakalavr, 3-kurs)
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTU
Universitetda o'qish jarayonida algoritmlarni loihalash, axborot va tarmoq xavfsizligi, Oracle ma'lumotlar bazasi va dasturiy ta'minot injiniringi bo'yicha chuqur bilimlarga ega bo'lmoqdaman.
Loyihalar
Sulton Burger Bot
Mijozlarga tezkor ravishda ovqat buyurtma qilish, menyuni ko'rish va yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkonini beruvchi Telegram bot.